Tadam

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 25-avgust 2026

Eng muhim to'rt narsa:

1. Albomingizni havolaga ega bo'lgan har kim ko'ra oladi. Parol yo'q.

2. Suratlar 60 kundan keyin o'chadi — qaytarib bo'lmaydi.

3. Ro'yxatdan o'tmaysiz: ism, e-pochta, telefon, parol so'ralmaydi.

4. Suratlaringiz sotilmaydi, reklamaga berilmaydi, boshqa hech kimga uzatilmaydi.

Qanday ma'lumot yig'iladi

Faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgani:

Akkaunt tizimi yo'q, shuning uchun ism, e-pochta, telefon raqami va parol umuman so'ralmaydi va saqlanmaydi.

Albomni kim ko'ra oladi

Buni aniq bilib qo'ying, chunki ko'pchilik buni noto'g'ri tushunadi:

Ya'ni havolani kimga berganingizga e'tibor bering. Ochiq guruhga tashlasangiz, o'sha guruhdagi hamma ko'radi.

Suratlar qayerda va qancha saqlanadi

Shu sababli albomni yopilishidan oldin yuklab olib qo'ying.

Suratlar yuborilishidan oldin nima bo'ladi

Rasm sizning telefoningizning o'zida kichraytiriladi — eng uzun tomoni 1920 nuqtagacha. Serverga faqat shu kichraytirilgan nusxa boradi, asl o'lchamdagi fayl yuborilmaydi.

Bu bir foydali yon ta'sirga ega: kichraytirish jarayonida rasmdagi texnik yozuvlar (jumladan GPS koordinatalari) tushib qoladi.

Istisno: brauzer faylni o'qiy olmasa (masalan Android'dagi Chrome ba'zi HEIC fayllarni o'qiy olmaydi), rasm yo'qolmasligi uchun asl fayl yuboriladi. Bunday holatda faylning ichidagi texnik yozuvlar ham saqlanib qoladi.

Uchinchi tomon xizmatlari

Suratlaringiz bu xizmatlarning hech biriga tahlil yoki reklama uchun berilmaydi.

Brauzeringizda nima saqlanadi

Akkaunt yo'qligi uchun yaratgan albomlaringiz ro'yxati va boshqaruv kaliti brauzeringizning localStorage xotirasida (tadam.albums) saqlanadi. Bu faqat sizning qurilmangizda qoladi.

Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz yoki boshqa telefondan kirsangiz, albom ro'yxati ko'rinmaydi. Shuning uchun boshqaruv havolasini o'zingizga (masalan Telegram'dagi «Saqlangan xabarlar»ga) yuborib qo'yish tavsiya etiladi.

Tadam kuzatuv cookie'laridan foydalanmaydi.

Rasmni o'chirish

Suratni albomning o'zidan o'chirish mumkin. Rasmni ochib, chap yuqoridagi savat belgisini bosing va tasdiqlang — surat ham, uning eskizi ham darhol o'chadi va qaytarib bo'lmaydi.

Kim nimani o'chira oladi:

Sizga tegishli surat albomda turgan bo'lsa va uni o'zingiz o'chira olmasangiz — albom havolasi bilan birga aloqa sahifasidagi manzillar orqali yozing, qo'lda o'chiriladi.

Har qanday holatda, butun albom 60 kundan keyin o'z-o'zidan o'chadi.

Bolalar suratlari

To'y albomida bolalar ham tushadi. Boshqa mehmonlarning, ayniqsa bolalarning suratini qo'shishdan oldin ularning oilasi rozimi — shuni o'ylab ko'ring. Bu qonuniy talab emas, oddiy odob.

O'zgarishlar

Bu sahifa o'zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Xizmat ishlashi jiddiy o'zgarsa, o'zgarish nima ekani shu yerda yoziladi.

Aloqa

Tadam'ni Maqsudjon Polatov yuritadi. Savol, shikoyat yoki o'chirish talabi bo'lsa — maqsudjon.com da aloqa manzillari bor.