Tadam'ni bir kishi yuritadi — Maqsudjon Polatov. Ya'ni yozganingizni bot emas, odam o'qiydi.
Ko'p hollarda buni o'zingiz qila olasiz: albomni oching, rasmni bosing va chap yuqoridagi savat belgisini tanlang. Albom egasi istalgan suratni, mehmon esa o'zi qo'shganini o'chira oladi.
Agar surat sizga tegishli bo'lsa-yu, uni o'chira olmasangiz — masalan, boshqa odam qo'shgan bo'lsa — yozing. Xatingizda albom havolasini va qaysi surat ekanini ko'rsating, qo'lda o'chiraman.
Boshqaruv havolasi faqat siz albom yaratgan brauzerda saqlanadi. O'sha telefon yoki kompyuterda Albomlarim sahifasini oching. Boshqa qurilmadan kirmoqchi bo'lsangiz, boshqaruv havolasini o'zingizga (masalan, Telegram'dagi «Saqlangan xabarlar»ga) yuborib qo'ying.
Havola butunlay yo'qolgan bo'lsa, menda ham uni tiklashning yo'li yo'q — albom qaysi kalitga tegishli ekanini faqat o'sha havola biladi. Shuning uchun albom yaratganingizdan keyin havolani darhol saqlab qo'ying.
Bir narsa ishlamayotgan bo'lsa yozing va imkon qadar shularni qo'shing: qaysi telefon va brauzer, nima qilganingizda nima bo'ldi. Ekran surati bo'lsa eng yaxshisi — shu bilan muammoni ancha tez topaman.
To'y fotografi yoki tadbir tashkilotchisi bo'lsangiz va Tadam'ni mijozlaringizga taklif qilmoqchi bo'lsangiz — yozing, gaplashamiz.